AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Rossiyaning 14 kompaniyasi va uchta neft tashuvchi kemasiga qarshi sanksiyalar kiritildi.
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning 14 kompaniyasi va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Liberiyada joylashgan uchta kompaniyaga nisbatan sanksiya joriy qildi. Ushbu kompaniyalarning kemalari Rossiya neftini tashish chog‘ida narx chegaralarini buzganlikda ayblangan. Bu haqda Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) xabarida aytiladi.
Jumladan, Rossiyaning «ABS Elektrotexnika», «Esset Avtomatizatsiya», «Esset Elektro», «Dominion Nikolskiy», «Dominion Tverskaya-Yaroslavskaya», «Vserossiyskiy nauchno-issledovatelskiy, proyektno-konstruktorskiy i texnologicheskiy institut relestroyeniya s opytnym proizvodstvom», «ABS ZEiM Avtomatizatsiya», «Mosen esset menedjment», «VNIIR Gidroelektroavtomatika», «VNIIR Promelektro» va «VNIIR-Transstroy» kompaniyalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, Kazan Shipping Incorporated, Progress Shipping Company Limited va Gallion Navigation Incorporated kompaniyalariga nisbatan cheklovlar kuchaytirilgan. Ular mos ravishda Kazan, Ligovsky Prospect va NS Century neft tankerlariga egalik qiladi.
Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, uchala kema ham o‘tgan yilning dekabr oyida narx chegarasi kuchga kirganidan keyin bir barrel uchun 60 dollardan yuqori narxda Rossiya neftini yetkazish bilan shug‘ullangan.
Sanksiyalar doirasida ushbu kompaniyalarning Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki amerikalik shaxslarning egaligida yoki nazoratida bo‘lgan barcha mulklari va mulklaridagi manfaatlar bloklanadi. Shu bilan birga, ushbu kompaniyalarga tegishli mulk yoki manfaatlar bilan bog‘liq har qanday operatsiyalar taqiqlanadi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.11.2024
Rossiyada «o‘lik jonlar»ni urushga yuborgan «voyenkomat» xodimlari qo‘lga olindi
23:13 / 15.11.2024
Rossiyalik hakerlar Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilmoqda
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
20:48 / 15.11.2024