Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatidagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi
Prezident Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlaridagi konlarda qo‘rg‘oshin, rux, oltin, ko‘mir va kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, tog‘li hududlarda geologiya-qidiruv ishlari kengaytiriladi.
17 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda qazilma boyliklarini o‘zlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Unga ko‘ra:
- Sariosiyodagi «Chinorsoy» polimetall konida qo‘rg‘oshin, rux va oltin;
- «Xo‘ja-osmin» koni (u ham Sariosiyoda)da oq marmar;
- Boysun va Sariosiyoda ko‘mir;
- Sheroboddagi «Xo‘jai-kon» konida kaliy o‘g‘iti zaxiralari o‘zlashtiriladi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi oldiga viloyatning tog‘li hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, viloyat, tuman hokimlariga kelgusi yili viloyatda 1,5 mlrd dollar investitsiya olib kelish, sanoatda 12 trln so‘m mahsulot ishlab chiqarish vazifasi belgilandi.
Bundan tashqari, 500 mln dollarlik eksportni amalga oshirib, 100 mln dollar importni qisqartirish topshirildi. Kamida 500 ming xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, 400 ming aholini band qilish kerakligi aytildi.
«Eng asosiy masala — investitsiya va sanoat. Bunda eng katta zaxira mavjud konlarni ishga solishdir», — dedi prezident.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
19:10 / 10.06.2026
Shaharsozlikda bosh reja va master-reja bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilinadi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:15 / 10.06.2026