NATO Kosovodagi qo‘shinlarini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganmoqda
Mintaqadagi keskinlik tufayli NATO alyansning Bolqondagi ishtirokini doimiy ravishda oshirish kerakmi yoki yo‘qmi, shu jarayonni baholamoqda.
NATO G‘arbiy Bolqondagi harbiy ishtiroki darajasini qayta ko‘rib chiqmoqda va Kosovodagi kontingentini oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda, dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 20 noyabr, dushanba kuni Prishtinadagi matbuot anjumanida. «Biz hozirda vaziyat nazoratdan chiqib ketmasligi va Kosovoda yoki butun mintaqada yana bir shiddatli mojaroga olib kelmasligi uchun qo‘shinlar mavjudligini doimiy asosda oshirish kerakmi yoki yo‘qmi, shu masalani ko‘rib chiqyapmiz», — dedi Stoltenberg.
Kosovoda barqarorlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan NATO boshchiligidagi xalqaro kuchlar (KFOR) 1999 yildan beri faoliyat yuritib keladi va unda 27 mamlakatdan 4500 dan ortiq askar bor, deb eslatadi Reuters. Joriy yilning oktyabr oyida mintaqada vaziyat keskinlashgani ortidan NATO Kosovoga 200 ga yaqin qo‘shimcha askar jo‘natgan.
Kosovodagi mojaroning kuchayishi
Kosovoning 1,8 million aholisi katta qismi etnik albanlardir. Mamlakatda 120 ming serb ham yashaydi, asosan shimolda. 2008 yilda Kosovo bir tomonlama ravishda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qildi. Uni 100 dan ortiq davlatlar tan olgan. Serbiya ular ichiga kirmagan va hali ham o‘zining sobiq viloyatini qaytarib olishga harakat qilmoqda.
Kosovo shimolida yashovchi 50 mingga yaqin serb Prishtina institutlarini tan olmaydi va Belgradni o‘z poytaxti deb biladi, deya qayd etadi Reuters. Shu asosda mintaqada muntazam ravishda nizolar kelib chiqadi. Sentyabr oyida Kosovo hukumati politsiya Kosovoning Banska qishlog‘iga bostirib kirgan va serb pravoslav monastirida to‘siq o‘rnatgan 30 nafar qurolli serb bilan to‘qnashganini bildirgan edi. Uch hujumchi va bir politsiyachi halok bo‘lgan.
Mojaro 2022 yilda Prishtina Serbiyaga kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik hujjatlar joriy etishga qaror qilgani va serb ozchiligidan eski serb avtoraqamlarini mahalliy raqamlarga o‘zgartirishni talab qilgandan so‘ng avj oldi. Kosovo serblari norozilik sifatida barrikadalar o‘rnatdi, shundan so‘ng Kosovo hukumati yangi qoidalarni joriy etishni keyinga qoldirdi. Shunga qaramay, to‘qnashuvlar muntazam ravishda takrorlanyapti.
Mavzuga oid
08:30
Boltiqbo‘yi davlatlari NATOdagi ittifoqchilarini Kiyevga yordamni kuchaytirishga chaqirdi
10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024