Ma’lum qilinişiça, jurnalistlar “Skif” kod nomi bilan yuritilayotgan maxfiy loyihani bir neça oy davomida örgangan. Ular sun’iy yöldoş tasvirlarini tahlil qilgan, Rossiya ilmiy bazalari va tarixiy hujjatlarni örgangan hamda harbiylar va ekspertlar bilan suhbatlaşgan.
Suriştiruv materiallariga köra, NATO razvedkasi ma’lumotlari Rossiya “hozirgaça ma’lum bölmagan usulda” dengizda ballistik raketalarni joylaştiriş ustida bir neça yildan beri iş olib borayotgan bölişi mumkinligini körsatgan.
Ta’kidlanişiça, bunday raketa qurilmalarini aniqlaş va yöq qiliş deyarli imkonsiz bölişi mumkin.
NATO ma’lumotlariga köra, “Skif” loyihasi uçun Rossiya suvosti kemalarida qöllanadigan “Sineva” raketasining modifikatsiya qilingan versiyasi işlab çiqilgan. Yangi raketa dengiz tubidan uçirilişi va bir neça ming kilometr masofaga yetib borişi mumkinligi aytilmoqda.
Xabarda ta’kidlanişiça, uşbu raketalarning ilk sinovlari bir neça yil avval ötkazilgan bölişi mumkin.
Ğarb razvedka xizmatlari ma’lumotlariga köra, yadroviy kallak taşiş imkoniyatiga ega bölgan raketalar maxsus şaxtalar yoki konteynerlarda, bir neça yuz metr çuqurlikda joylaştirilişi mumkin. Ular uzoq vaqt dengiz tubida saqlanib, zarur paytda masofadan turib işga tuşirilişi ehtimoli bor.
NATO manbalariga köra, raketa şaxtalarini örnatişda Oq dengiz sohilidagi Severodvinsk şahrida joylaşgan “Zvezdoçka” kemasi va “Sarov” suvosti kemasidan foydalanilişi mumkin.
ARD ma’lum qilişiça, NATO ham, Rossiya Mudofaa vazirligi ham “Skif” loyihasi yuzasidan izoh berişdan boş tortgan. Rossiyaning Berlindagi elçixonasi esa bu masala böyiça ma’lumotga ega emasligini bildirgan.
Berlindagi “Fan va siyosat” jamğarmasi (SWP) eksperti Xelge Adriansning fikriça, dengiz tubiga raketa joylaştiriş Rossiyaga qimmat suvosti kemalariga boğliqlikni kamaytiriş va yadroviy tiyib turiş salohiyatini arzonroq usulda saqlab qoliş imkonini berişi mumkin.
Biroq ekspert bunday loyiha katta texnik muammolar bilan boğliqligini ham ta’kidlagan. Jumladan, dengiz oqimlari ta’siri, şaxtalarning loyqa bilan tölib qolişi, energiya ta’minoti va ma’lumot uzatiş kabi muammolar mavjud.
Ma’lumot uçun, 1971 yilda AQŞ, SSSR va yana 80 ga yaqin davlat dengiz tubida yadroviy qurol joylaştirişni taqiqlovçi şartnomani imzolagan. Biroq uşbu kelişuv faqat xalqaro suv hududlariga taalluqli bölib, davlatlarning öz hududiy suvlarida bunday tizimlarni joylaştirişini taqiqlamaydi.












