Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Musulmon oqsoqollar kengashi bilan hamkorlikni faollashtiradi
Senati raisi Tanzila Norboyeva Musulmon oqsoqollar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan muzokara o‘tkazdi.
Musulmon oqsoqollar kengashi bilan keng ko‘lamli aloqalarni mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik hamda an’anaviy islom qadriyatlarini mustahkamlash borasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida mamlakatda prezident boshchiligida ma’rifat va diniy bag‘rikenglik masalalariga alohida e’tibor berilayotgani, so‘nggi yetti yilda soha bo‘yicha 50 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani aytib o‘tildi.

O‘zbekistonning millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o‘rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlarga to‘la mos kelishi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, respublikada O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududlardagi vakilliklari, 3 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasasi hamda 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Muhammad Abdusalom O‘zbekiston prezidentining BMT Bosh assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi xalqaro maydonda ham e’tirof etilayotgani, hujjat mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga turtki bo‘lganiga alohida to‘xtaldi.
O‘zbekistonning butun dunyo musulmonlari uchun juda katta ahamiyatga molik ekani, ushbu yurtdan yetishib chiqqan olimlar nafaqat musulmon olamiga, balki butun dunyo uchun ham katta ilmiy meros qoldirgani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish, delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish, birgalikda turli ilmiy va amaliy tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026