Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida avtobus Airbus A320Neo samolyoti bilan to‘qnashib ketdi
Toshkent xalqaro aeroporti avtobusi haydovchisi aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgan holda havo kemasi bilan to‘qnashgan. Samolyotning agregatlari harakatlanayotganda havo qarshiligini kamaytirishga yordam beradigan qismi shikastlangan.
Toshkent aeroporti hududida avtobus havo kemasi bilan to‘qnashib ketdi, hodisa 17 noyabr kuni yuz bergan. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 17 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida HY054 Urganch – Toshkent reysini bajarganidan so‘ng Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mutaxassislari Airbus 320 (ro‘yxatdan o‘tish raqami UK32022) havo kemasini navbatdagi reysni amalga oshirish uchun tayyorlayotgan bo‘lgan.
Toshkent xalqaro aeroporti avtobusining haydovchisi aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgan holda havo kemasi bilan to‘qnashgan. Natijada samolyotning agregatlari harakatlanayotganda havo qarshiligini kamaytirishga yordam beradigan qismi (nosovoy obtekatel) shikastlangan.
Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari havo kemasining shikastlangan qismini almashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarini olib bordi. Joriy yilning 18 noyabr kuni havo kemasiga parvozlarga ruxsat berilgan. Soat 14:30 da Airbus A320Neo jadvalga muvofiq parvozlarni amalga oshirishni boshlagan.
Uzbekistan Airways aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026