O‘zbekiston | 08:55 / 24.11.2023
5680
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qatar korrupsiyaga qarshi kurash sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Qatar Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi direktorining maslahatchisi Yosir Refai bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

«Dunyo» xabariga ko‘ra, Qatar tomoni O‘zbekiston rahbariyatining korrupsiyaga qarshi kurash sohasida olib borayotgan islohotlarini yuqori baholadi. Ushbu sohadagi sezilarli yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mamlakatda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uni oldini olish, davlat xaridlarini to‘la nazorat qilish, imzolangan shartnomalar asosida kelishuvlarni to‘laqonli amalga oshirish mexanizmlari joriy qilingani qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tegishli vakolatli organlar o‘rtasida xalqaro anjumanlar o‘tkazish, ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan doimiy ravishda tajriba almashish, yosh kadrlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid