O‘zbekiston | 07:15 / 24.11.2023
2898
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yunusobod va Sergelida 24 noyabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: AP

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 24 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yunusobod tumani: “Yunus ota”, “Astrobod” hamda “Halqabog‘” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Sergeli tumani: “Madadkor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat  09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ta’kidlangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid