Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik muloqotning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi
Rim shahrida O‘zbekiston-Italiya kelishuvlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo boshqarmasi boshlig‘i Ludoviko Serra hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil, elchi Federiko Failla bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Italiya tomoni prezident Serjio Mattarellaning joriy yil 9-11 noyabr kunlari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi natijalarini yuqori baholadi hamda tashrif g‘oyat muhim va muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi.
Italiyalik diplomatlarning qayd etishicha, besh oy davomida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar ikki davlatning har tomonlama aloqalarni faollashtirish va ikki tomonlama hamkorlikning mavjud salohiyatini amalda ro‘yobga chiqarishga o‘zaro intilishidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, Italiya tomonining ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, tashriflar chog‘ida imzolangan 17 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat qoidalarini amalga oshirishga sodiqligi tasdiqlandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini, tashqi ishlar vazirlarining «Italiya – Markaziy Osiyo» formatidagi uchinchi uchrashuvini, Savdo-iqtisodiy, sanoat hamkorlik va eksport kreditlari bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhining yettinchi majlisini o‘tkazish masalalari ustida ishlashni boshlash, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida bir qator idoralararo tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026