Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Mushtlashuvga qurilish kranidan foydalanish masalasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Krasnodar shahrida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra mazkur holat 25 noyabr kuni Krasnodar shahrida joylashgan “Tochno” korxonasining qurilish obektida sodir bo‘lgan. Korxonaga tegishli qurilish kranidan foydalanish masalasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan 50 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Hozirgi vaqtda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasi vakolatxonasi xodimlari tomonidan korxona rahbariyati va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tomonlarni o‘zaro kelishtirgan holda javobgarlikka tortmasdan hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Oldinroq Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida ham O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida janjal yuz bergandi.
Mavzuga oid
15:45 / 07.11.2025
Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta tariflari ishlab chiqiladi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025