Jahon | 08:10 / 02.12.2023
6108
1 daqiqa o‘qiladi

Rafah o‘tkazish punkti yopilgani rad etildi

Misr va G‘azo chegarasidagi Rafah nazorat o‘tkazish punkti 2 dekabr, shanba kuni ham o‘z ishini davom ettirmoqda, u ochiq, deb xabar bermoqda, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Foto: AP

Rasmiylar uning yopilishini rad etgan. Rafahning yopilishi haqidagi xabarlar Falastin Qizil Yarim oyi Isroilning G‘azoga gumanitar yordam ortilgan yuk mashinalarining kirishini taqiqlagani haqida ma’lum qilgandan so‘ng paydo bo‘lgani aytilmoqda.

JSST rahbari Tedros Gebreysus tomonlarni muvaqqat sulh vaqtida erishilgan asosiy ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarni yetkazib berishni qayta tiklashga chaqirdi.

G‘azoda 24 noyabrdan amalda bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatib turish bo‘yicha kelishuv 1 dekabrga kelib o‘z kuchini yo‘qotdi. Tomonlar bir-birini kelishuvni buzganlikda aybladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid