Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning barcha shaharlarida ayollar politsiya bo‘limlari ochiladi
Ayollar o‘z muammolari bilan bunday bo‘limlarga bemalol kelishi va yordam so‘rashi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Yaqin kunlarda Qozog‘istonning barcha shaharlarida ayollar politsiya bo‘limlari ochiladi. Bu haqda Qozog‘iston Majlisi raisi Erlan Koshanov Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollari muloqoti xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.
Koshanov Qozog‘istonda so‘nggi ikki yilda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha inspektorlar soni ikki baravar ko‘payganini ta’kidladi.
«Ba’zida ayolni faqat ayol tushunadi. Shu bois ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini tergov qilishda ayol tergovchi kasbini joriy qildik», dedi spiker.
Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha tergov guruhlariga 280 nafar ayol tergovchi kiritilgan.
«Qozog‘istonda birinchi marta tajriba rejimida faqat ayollardan iborat politsiya bo‘limi tashkil etildi. Endi ayollar o‘z muammolari bilan bunday bo‘limlarga bemalol kelishi va himoya so‘rashi mumkin. Yaqin kelajakda bu tajriba butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi», dedi Koshanov.
Bundan tashqari, spiker nafaqat zo‘ravonlik oqibatlari bilan kurashish, balki uning ehtimolini oldini olish zarurligini ta’kidladi.
«Bizga to‘g‘ri mafkura kerak. Oilada erkakning to‘liq hukmronligi haqidagi noto‘g‘ri g‘oya o‘tmishda qolishi kerak. Yosh avlod ongiga maktabdan to‘g‘ri qadriyatlarni singdirish kerak. Aholida huquqiy madaniyatni shakllantirish kerak. Maishiy vandalizmning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish kerak», dedi u.
Mavzuga oid
20:30
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
19:57 / 24.06.2026