O‘zbekiston | 14:20 / 07.12.2023
3404
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Fransiya Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Fransiya elchisi Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo AA / Anvar Ilyosov

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari hamda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘oniston masalasini hal etishda hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Oreliya Bushez O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va iqtisodiy tiklanishida, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi.

Mavzuga oid