Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rinkevichs Putinning Latviya haqidagi gaplarini «qo‘rqitish» deb atadi
Latviya prezidenti Rinkevichsning aytishicha, Putin Rossiyaning xorijda rossiyaliklarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishi haqidagi propagandasini tarqatmoqda.
Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs Latviya hukumati rusiyzabon aholiga nisbatan yomon munosabatda bo‘layotganini e’lon qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaplarini «qo‘rqitish siyosati» deb atadi. «Bu ularning barcha fuqarolari yoki «rus dunyosi» vakillari (boshqa mamlakatlarda) shafqatsizlarcha masxara qilinayotgani haqidagi rus propagandasining odatiy hikoyasidir», dedi Rinkevichs 6 dekabr, chorshanba kuni Neatkariga Rita Avize gazetasiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, aslida shu yo‘l bilan «ular e’tiborni Rossiya Ukrainada sodir etayotgan narsalardan chalg‘itmoqchi».
4 dekabr kuni prezident huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari bilan uchrashuvda Putin Latviya hukumatini rusiyzabon aholiga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishda aybladi va bu Latviya uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida gapirdi. «U yoki bu davlatda yashashni istagan, u yerda ishlab, shu davlatga qandaydir foydasi tekkan odamlarga nisbatan shunday siyosat olib borishsa, ularga yomon munosabatda bo‘lishsa, oxir-oqibat ularning o‘zlariga mamlakatda shunday munosabat paydo bo‘ladi», - dedi u.
Latviyada yashovchi rossiyaliklar til imtihonini topshirishi kerak
Sentyabr oyi o‘rtalarida Latviyada immigratsiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, unga ko‘ra, mamlakatda yashovchi Rossiya fuqarolari Yevropa Ittifoqida doimiy rezident sifatida yangi maqomini olish uchun ikki yil ichida latish tili imtihonidan o‘tishi kerak. Bu vaqt mobaynida ularga cheklanmagan mehnat huquqi va davlat xizmatlari, jumladan, pensiya va nafaqalar olish huquqiga ega bo‘lgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma beriladi.
Latviya rasmiylariga ko‘ra, yangi qoidalar 25 ming kishiga tegishli. Latviya tili imtihoniga yozilmagan va doimiy yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish uchun hujjatlarni taqdim etmagan rossiyaliklar tez orada uch oy ichida mamlakatni tark etishni talab qiluvchi xat olishi mumkin. Xat taxminan 6000 kishiga yuborilishi ehtimoli bor.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026