Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Putin hali saylovda nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tmadi
Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodi ko‘rsatilishi bilan bog‘liq ayrim jihatlar hali aniqlashtirilmagan.
Vladimir Putinning yangi prezidentlik muddatiga qayta saylanish uchun saylov kampaniyasi aslida boshlandi, biroq hali barcha kerakli rasmiyatchiliklarni bajarish kerak. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov 8 dekabrda shu kunni Putin saylovoldi kampaniyasining boshlanishi deb atash mumkinmi, degan savolga javoban aytib o‘tdi.
«Agar de-fakto gapirilsa, unda, ehtimol, ha. Agar de-yure gapirilsa, unda yo‘q. U hali nomzod sifatida ro‘yxatga olinmagan. U qanday ishtirok etishini sizga ma’lum qilamiz, u hali nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak, barcha kerakli rasmiyatchiliklar bajarilishi lozim va shundan keyingina u saylovoldi tashviqoti davomida prezidentlikka nomzod bo‘ladi», — dedi Peskov jurnalistlarga.
Kreml vakili qo‘shimcha qilishicha, Putinning Rossiya prezidentligiga nomzodi bilan bog‘liq ayrim jihatlar hali aniqlashtirilmagan. «Tegishli qarorlar qabul qilinganda, biz sizni xabardor qilamiz», dedi u. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin 17 dekabrga belgilangan «Yagona Rossiya» qurultoyida ishtirok etishi kutilmoqda.
Putin 5-muddatga prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishini e’lon qildi
Kecha Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgandi. Bir kun oldin Federatsiya kengashi navbatdagi prezidentlik saylovlarini 2024 yil 17 martga tayinladi va 8 dekabrda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2024 yilda Rossiyada prezidentlik saylovlarini uch kun ichida – 15-17 mart kunlari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Rossiya nazoratidagi Ukraina hududlarida ovoz berishni o‘tkazish qarori xavfsizlik kuchlari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng 12 dekabrgacha qabul qilinadi.
Kimlar raqib bo‘lishi mumkin?
Rossiya muxolifati yetakchilaridan biri Aleksey Navalniy tarafdorlarini mart oyida saylov uchastkalariga borib, ovoz berishga chaqirdi. Navalniyga ko‘ra, ovoz berish orqali qarshi tashviqot olib borish mumkin.
Putindan tashqari, Kommunistik partiya rahbari Gennadiy Zyuganov, Davlat dumasi sobiq deputati Boris Nadejdin, Donetskdagi rossiyaparast ayirmachilarning sobiq harbiy rahbari Igor Strelkov (Girkin) va rjyevlik jurnalist Yekaterina Dunsova ham saylovlarda ishtirok etish niyatini ma’lum qilgan. «Novyye lyudi» partiyasi ham o‘z nomzodini ko‘rsatishni rejalashtirgan.
Shu bilan birga, kuzatuvchilar 71 yoshli Putinning jiddiy siyosiy raqiblari yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026