Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo tog‘li hududlarida turizm obektlari barpo etiladi
O‘zbekiston prezidentining «Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, xorijiy davlatlarning malakali ekspertlari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida Shahrisabz tumanining «Miraki», «Amir Temur», «Uloch» va «Polmon» mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo‘lgan yer uchastkasida zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obektlari qurilishi bo‘yicha reja ishlab chiqariladi.
Qarorda, shuningdek, Qamashi tumanining «Katta o‘ra» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo‘lgan yer uchastkasida mehmonxona, sog‘lomlashtirish sanatoriysi, umumiy ovqatlanish obektlari, dor yo‘llari, tog‘-chang‘i kompleksi va boshqa turistik ahamiyatga ega obektlar barpo etishni nazarda tutuvchi master loyihasi ishlab chiqilishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, Shahrisabz tumani hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo‘lgan yer uchastkasida «Shahrisabz» turistik markazi, Qamashi tumani hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasida «Maydanak baland tog‘» turistik markazi tashkil etiladi.
Davlat rahbari tomonidan imzolangan qarorga binoan, «Shahrisabz» va «Maydanak baland tog‘» turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti tashkil etiladi. Hujjat bilan «Shahrisabz» va «Maydanak baland tog‘» turistik markazi hududi chegaralari ham tasdiqlandi.
Shahrisabz tumanining «Miraki», «Amir Temur», «Uloch» va «Polmon» mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda Qamashi tumanining «Katta o‘ra» mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2024-2025 yillarda qo‘shimcha mehmonxonalar, mehmon uylari, xizmat ko‘rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo‘sh yer uchastkalarini 10 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan auksion savdolariga chiqariladi.
Mavzuga oid
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
19:37 / 04.06.2026