Bayden Zelenskiyni Oq uyga taklif qildi
AQSh va Ukraina prezidentlari Kiyev ehtiyojlari va Rossiya hujumlarining kuchayishi fonida Amerika qo‘llab-quvvatlashi muhimligini muhokama qiladi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyni 12 dekabr kuni Oq uyda uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda 10 dekabr kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Amerika yetakchisi AQShning Ukraina xalqini Rossiyadan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlash borasidagi «shaklsiz majburiyatini» va’da qiladi, deyiladi xabarda. Bayden va Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayib borayotgani sababli Ukrainaning «shoshilinch ehtiyojlari» va «ushbu muhim daqiqada AQShning doimiy qo‘llab-quvvatlashi hayotiy ahamiyatini» muhokama qiladi.
Ukraina prezidenti devoniga ko‘ra, Zelenskiy 11 dekabr kuni amaliy tashrif bilan AQShga boradi. Vashingtonda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Ukraina va AQSh o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi keyingi hamkorlik, xususan, qurol-yarog‘ va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar, shuningdek, 2024 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024