Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya Rossiyadan gaz tranziti uchun to‘lovni hozircha talab qilmaydi
Sofiya 1 yanvardan boshlab Shengen makoniga qo‘shilishga umid qilmoqda, shuning uchun Vengriya vetosini qo‘zg‘atmaslik uchun Rossiyadan gaz uchun tranzit to‘lovini talab qilmaslikka qaror qildi.
Bolgariya Rossiya gazining o‘z hududi orqali tranziti uchun joriy yilning oktyabr oyida bir megavatt/soatuga 10 yevro miqdorida joriy qilgan to‘lov yig‘imini kechiktirdi. Rossiyaning «Gazprom» energetika konserni, Bolgariya tomoniga ko‘ra, tranzit uchun pul to‘lamagan va vaziyatga izoh bermagan, deb xabar berdi dpa agentligi 11 dekabr, dushanba kuni.
Bolgariya Vengriya veto qo‘yishi mumkinligi sababli 2024 yil 1 yanvarda Shengen hududiga kirishi bo‘yicha rejasini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas. Tranzit to‘lovlari Bolgariya hududidan o‘tuvchi quvur orqali Vengriya va Serbiya uchun rus gazi narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Sofiya o‘z maqsadiga yaqin va shuning uchun gaz tranziti to‘lovlari Shengenga qo‘shilishga to‘sqinlik qiladigan vaziyatni yaratmoqchi emas, dedi hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi Bolgariyaning «Yevropa taraqqiyoti uchun fuqarolar» partiyasi rahbari Boyko Borisov.
Orban Bolgariyaning Shengenga qo‘shilishini bloklash bilan tahdid qildi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, agar Sofiya «Gazprom»dan tranzit to‘lovlarini undirishdan bosh tortmasa, veto qo‘yish bilan tahdid qildi, deb eslatadi dpa. Borisovning so‘zlariga ko‘ra, u va ikkinchi hukmron kuch - «O‘zgarishlarni davom ettirish» liberal harakati rahbari Kiril Petkov bu masalada Yevropa Ittifoqining tegishli mexanizmi joriy etilishini kutishga kelishib oldilar.
2022 yildan beri Avstriya va Niderlandiya Bolqon yo‘nalishi bo‘ylab noqonuniy migratsiya kuchayishi xavfi tufayli Bolgariyaning Shengen hududiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. OAV xabarlariga ko‘ra, Vena endi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga tayyor. Noyabr oyi o‘rtalarida Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashini Bolgariya, Ruminiya va Xorvatiyani Shengen kelishuviga kiritishga chaqirdi, chunki bu davlatlar «vizasiz hududga qo‘shilish uchun barcha shartlarni muvaffaqiyatli bajargan».
Mavzuga oid
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025