Iqtisodiyot | 18:50 / 14.12.2023
22506
3 daqiqa o‘qiladi

Eng yirik 20 ta soliq to‘lovchilar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soni 1,6 mingdan oshadi. Joriy yilning 11 oyi davomida ular 87,4 trln so‘m soliq to‘lagan.

O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soni 1631 tani tashkil etadi. 2023 yilning 11 oyi davomida ular tomonidan 87,4 trln so‘m soliq tushumlari amalga oshirilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan, 47,3 trln so‘mi davlat ulushi mavjud Top-10 ta yirik soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘i kelgan.

·       “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 22,9 trln so‘m;

·       “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ - 7,8 trln so‘m;

·       “O‘zbekneftgaz” AJ – 4,3 trln so‘m;

·       «Navoiyuran» DK – 2,6 trln so‘m;

·       “Uzgaztrade” AJ – 2,6 trln so‘m;

·       “Hududgazta’minot” AJ – 2,4 trln so‘m;

·       “UzAuto Motors” AJ – 1,5 trln so‘m;

·       “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 1,4 trln so‘m;

·       “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 1,2 trln so‘m;

·       “O‘zavtosanoat” – 1,1 trln so‘m.

Shuningdek, hisobot davrida 6,1 trln so‘m soliq tushumlari xususiy sektordagi Top-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur reytingda “Uzbat” AJ – 2,2 trln so‘mga yaqin soliq tushumlarini amalga oshirgan holda yetakchilik qilgan.

Mavzuga oid