Jahon | 09:05 / 19.12.2023
11028
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga ishga yuboriladi 

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni migratsiya sohasida hamkorlik o‘rnatishni rejalashtiryapti.

Foto: Kun.uz

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Saudiya Arabistonida bo‘ldi.

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, delegatsiya a’zolari Ar-Riyod shahrida ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Natijada, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, fuqarolar Saudiya Arabistoniga ishga ketishidan oldin ushbu davlat standartlari asosida o‘qitilishi alohida ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid