Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda zilzila oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Gansu va Tsinxay provinsiyalarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 220 kishi jabrlandi. Xitoy rahbari Si Jinping keng ko‘lamli qidiruv amaliyotini o‘tkazishga chaqirdi.
Foto: China Daily via REUTERS
Xitoyning markaziy qismida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘ldi. Bunday ma’lumotlar 19 dekabr, seshanba kuni «Sinxua» agentligi va mamlakat markaziy televideniyesi tomonidan ma’lum qilindi. Xususan, Gansu provinsiyasida qurbonlar soni 100 kishiga yetdi, yana 11 kishi Tsinxay provinsiyasida halok bo‘ldi.
Suv va elektr ta’minoti uzilib qolgan
Bundan tashqari, kamida 220 kishi jabrlangan - Gansuda 96 va Tsinxayda 124 kishi, deya xabar beradi rasmiy OAV. Unga ko‘ra, ofat zonasida suv ta’minoti uzilgan, elektr uzatish liniyalari, shuningdek, transport infratuzilmasi obektlari shikastlangan. Rasmiylar zarar ko‘rgan hududlarga chodirlar, yig‘ma karavotlar va ko‘rpa-to‘shaklar yuborishni buyurgan. Xitoy rahbari Si Jinping qurbonlar sonini kamaytirish uchun keng ko‘lamli qidiruv amaliyotini o‘tkazishga chaqirdi.
Zilzila episentri Gansu provinsiyasida, Tsinxay bilan ma’muriy chegaradan 5 kilometr uzoqlikda bo‘lgan, deya ta’kidladi «Sinxua». Xitoy ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,2 ballni tashkil qilgan. Shu bilan birga, AQSh Geologiya xizmati bu ko‘rsatkichni 5,9 deb baholamoqda.
Xitoyda so‘nggi yillardagi eng vayronkor zilzilalardan biri 2008 yilning may oyida Sichuan provinsiyasida kuzatilgan. O‘shanda 87 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026