O‘zbekiston | 11:17 / 19.12.2023
2672
2 daqiqa o‘qiladi

«Yashil» iqtisodiyot bo‘yicha xususiy ta’lim xizmatlariga kichik grant ajratiladi

“Yashil” iqtisodiyot masalalari bo‘yicha xususiy tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan ochiq ma’ruzalar, konferensiyalar va seminarlar, bu borada amalga oshirilgan konsalting xizmatlari xarajatlarini kichik grantlar ajratish yo‘li bilan qoplash belgilanmoqda.

Foto: uzlidep.uz

Vazirlar Mahkamasining “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xususiy ta’lim va konsalting xizmatlarini kichik grant ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida “yashil” iqtisodiyot masalalari bo‘yicha xususiy tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan ochiq ma’ruzalar, konferensiyalar va seminarlar, bu borada amalga oshirilgan konsalting xizmatlari xarajatlarini kichik grantlar ajratish yo‘li bilan qoplash belgilanmoqda.

Kichik grantlarni ajratish Savdo-sanoat palatasi tomonidan tanlangan loyihalar bo‘yicha Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi qarorlari asosida tanlov g‘olibi deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy tijorat tashkilotlariga Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki loyihasi, Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasidagi loyiha hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirish orqali amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Kichik grantlar “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning tanlov asosida tanlangan loyihalarini moliyalashtirish uchun pul mablag‘lari ko‘rinishida beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid