Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda haydovchi Damas mashinasining tomiga odam mindirib harakatlandi
Hodisa Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Damas haydovchisi mashina tomiga odam chiqarib olgani va uning hayotiga xavf tug‘dirgan holda harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan.
Video Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidalarni chetlab o‘tgan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilgan.
Shuningdek, haydovchiga yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tartib va me’yorlar bo‘yicha tushuntirish berilgan.
«Barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda qoidalarga rioya etgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz. O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligini xavf ostiga qo‘ymang!» deyiladi IIV YHXBB xabarida.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026