O‘zbekiston | 11:17 / 22.12.2023
7861
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi tuman sababli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Toshkent aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 02:34 dan boshlab havo kemalarini qabul qilish uchun cheklovlar joriy etildi. Bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Foto: Kun.uz

Samarqand aeroportiga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-670 Novosibirsk — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 03:52 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9614 Moskva — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:01 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-614 Moskva — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo‘ndi;
  • Qanot Sharq aviakompaniyasining HH-5522 Jidda — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:22 da qo‘ndi;
  • Panorama Airways aviakompaniyasining 5P-362 Madina — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:52 qo‘ndi;
  • Turkish Airlines aviakompaniyasining TH-364 Istanbul — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da qo‘ndi.

Buxoro aeroportiga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-602 Moskva — Toshkent reysi soat 04:59 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-336 Jidda — Toshkent mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da qo‘ndi.

Navoiy aeroporti quyidagi reyslarni qabul qildi:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9658 Ufa — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:38 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-274 Istanbul — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo‘ndi.

Muqobil aerodromlarga qo‘ngan barcha samolyotlar soat 08:00 dan 09:30 gacha Toshkent aeroportiga qaytib keldi. Texnik sabablarga ko‘ra Panorama Airways aviakompaniyasi samolyoti Samarqand aeroportida qoldi. 355 nafar yo‘lovchining barchasi yerusti transportida Toshkentga yetkaziladi.

Mavzuga oid