O‘zbekiston | 10:15 / 23.12.2023
58747
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2024 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmoni bilan 2024 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan va ko‘chirilgan dam olish kunlari belgilandi. 

Foto: Shutterstock

"2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi: 

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

22 mart – juma; 
11 aprel – payshanba; 
18 iyun – seshanba; 
3 sentabr – seshanba; 
31 dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 

2 yanvar – seshanba; 
23 mart – shanba; 
12 aprel – juma; 
31 avgust – shanba; 
30 dekabr – dushanba.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.

Mavzuga oid