Toshkentda to‘rt kishiga qidiruv e’lon qilindi
Toshkent shahar IIBB juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda gumonlanayotgan to‘rt shaxs tergovdan qochib yashiringani haqida xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha quyidagi shaxslar tergovdan qochib yashiringani aniqlangan:
1. 1994 y.t. Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘li;
2. 1985 y.t. Muxamedov Abdulla Abduraxmanovich;
3. 1992 y.t. Soliyev Jamshid Abdulazizovich;
4. 1964 y.t. Isamitdinov Xusan Xashimovich.
Tergov tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
«Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ulardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoxud ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha xabar topsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga, 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi qidiruv xabarida.
Bundan oldinroq, 18 dekabr kuni Toshkent shahrida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanib hibsga olingan 3 nafar shaxs qochib ketgani haqida e’lon berilgandi. O‘tgan kunlar mobaynida ularning ikki nafari ushlandi, 23 dekabr kuni uchinchi jinoyatchi uchun 40 million so‘m miqdorida mukofot puli e’lon qilindi.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024