Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniy 2023 yilning eng muvaffaqiyatli valutasi deb topildi
Afg‘oniston, Kolumbiya va Albaniya valutasi kursi 2023 yilda AQSh dollariga nisbatan eng ko‘p o‘sdi.
Foto: AFP
Mamlakatdagi murakkab siyosiy vaziyatga qaramay, Afg‘onistonning milliy valutasi (afg‘oniy) dunyodagi eng kuchaygan valuta deb topildi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri yozdi.
Ta’kidlanishicha, bu yil afg‘oniy kursi AQSh dollariga nisbatan 28 foizga o‘sib, «2018 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi».
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha afg‘on valutasi eng yaqin ta’qibchisi, Kolumbiya valutasini (peso, 13 foiz) ikki barobardan ko‘p ortda qoldirdi.
Eng muvaffaqiyatli valutalar uchligiga Albaniya valutasi (lek) ham kirdi. U 2023 yil boshidan beri dollarga nisbatan 13 foizga mustahkamlandi.
Nashr Afg‘oniston valutasining kuchayishini insonparvarlik yordami oqimi davom ettirilgani bilan bog‘lamoqda. Shuningdek, rasmiylar tomonidan xorijiy valutaning ishlatilishiga qo‘yilgan taqiq ham afg‘on valutasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelgani ta’kidlanmoqda.
Qayd qilish joiz, 2021 yil avgustda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati Afg‘onistonda AQSh dollari va Pokiston rupiyasi muomalasini taqiqlab qo‘ygan edi. Qonunbuzarlarga har xil jazo, jumladan qamoq jazosi ham tahdid qiladi.
The Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda eng kuchsizlangan valutalar uchligiga Argentina (peso, -54 foiz), Nigeriya (nayra, -44 foiz) va Angola (kvanza, -39 foiz) valutasi kiradi.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026