O‘zbekiston | 12:31 / 26.12.2023
4453
2 daqiqa o‘qiladi

Oksford universitetida O‘zbek tili markazi ochildi

O‘zbek tili bo‘yicha darslar 2024 yil yanvar oyida 15 nafarga yaqin talaba ishtirokida boshlanadi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi dunyoning eng qadimiy ta’lim va tadqiqot muassasalaridan biri Oksford universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Oksford universiteti bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Britaniya universiteti qoshidagi Wolfson College dasturlari asosida ta’lim va ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Oksford universiteti qoshidagi Birso`z markazi direktori Leyla Najafzoda bilan kechgan muloqot chog‘ida mazkur ta’lim muassasasida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbek tili bo‘yicha darslar 2024 yil yanvar oyida 15 nafarga yaqin talaba ishtirokida boshlanadi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan Markazning ilmiy bazasini boyitish maqsadida o‘zbek tilidagi zarur adabiyotlar va o‘quv materiallari yetkazib beriladi.

Mavzuga oid