Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti sanksiyalarni xalqlarning aziyat chekishiga sabab deb atadi
Sanksiyalar oqibatida oziq-ovqatga muhtoj xalqlar qiynalayotgani ta’kidlandi.
Sanksiyalar ehtiyojmand mamlakatlarga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridan oziq-ovqat mahsulotlarini olishiga to‘sqinlik qiluvchi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
«Ta’minotga joriy geosiyosiy vaziyat to‘sqinlik qilmoqda, bu yerda sanksiyalar birinchi o‘ringa chiqqan. Oqibatda oziq-ovqatga muhtoj xalqlar qiynalmoqda. Mutaxassislarning fikricha, YeOII davlatlarining salohiyati 600 millionga yaqin odamni boqishga qodir», dedi To‘qayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «Yevroosiyo beshligi» oziq-ovqat ta’minotining eng yuqori darajasiga erisha olgan. Biroq Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlardan jahon bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ulushi pastligicha qolmoqda (2 foizdan sal ko‘proq).
Avvalroq To‘qayev Qozog‘iston xalqaro maydondagi ba’zi o‘zgarishlarga qaramay, respublikaning strategik hamkori bo‘lgan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026