Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Tojikiston fuqarosi teraktga tayyorgarlikda gumonlanib ushlandi
30 yoshli tojikistonlik bo‘yicha «davlat xavfsizligi nuqtayi nazaridan muhim ma’lumotlar bor», deya ta’kidlab o‘tdi politsiya matbuot xizmati.
Kyoln soborida teraktga ehtimoliy tayyorgarlik yuzasidan tergov olib borilayotgani munosabati bilan Germaniya maxsus xizmatlari 24 dekabr kuni Kyolndan yuz kilometr uzoqlikda joylashgan Vezel shahridagi kvartirada tintuv o‘tkazdi va besh kishini qo‘lga oldi. Kyoln politsiyasining 26 dekabr, seshanba kuni xabar berishicha, ulardan biri, 30 yoshli tojikistonlik «xavfning oldini olish maqsadida» hibsga olingan.
Bu shaxs bo‘yicha «davlat himoyasi nuqtayi nazaridan muhim ma’lumotlar bor», deya ta’kidlab o‘tdi politsiya matbuot xizmati. Qolgan to‘rt kishi tekshiruvdan so‘ng qo‘yib yuborildi. Qayd etilishicha, Kyoln politsiyasining talabiga binoan Oberxauzen tuman sudi 25 dekabr kuni tojikistonlikka nisbatan 2024 yilning 7 yanvarigacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tasdiqlagan.
Jinoiy politsiya boshlig‘i Mixael Esserning so‘zlariga ko‘ra, politsiya tergovni katta bosim ostida olib bormoqda hamda «xalqni va Kyoln soborini himoya qilish va yaqinlashib kelayotgan bayramlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha qonuniy choralarni ko‘rmoqda».
Avvalroq Germaniya IIV GFR va Avstriya razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Kyoln va Venada bayram vaqtida sodir etilishi mumkin bo‘lgan teraktlar tahdidi fonida Germaniya xavfsizlik idoralari hushyorlikni oshirgani haqida xabar bergan edi. «Ayni damda terrorizm tahdidi kuchaymoqda. Shu munosabat bilan barcha xavfsizlik idoralari maksimal darajada hushyorlik bilan harakat qilmoqda», - dedi vazirlik vakili.
Kyoln soborida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Bayramlarda odatda 100 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan Kyoln sobori aksariyat sayyohlar uchun yopiqligicha qolmoqda. Sobor ichidagi ekskursiyalar uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tganlarga istisno mavjud. Janubiy minoradagi kuzatuv maydonchasiga tashrif buyurish hozircha imkonsiz. Kyoln sobori xavfsizlik xizmati rahbari ta’kidlaganidek, «barcha tadbirlar rejaga muvofiq amalga oshiriladi».
Kyoln va Venada ogohlantirish
23 dekabr kuni nemis OAV maxsus xizmatlarga tayanib, Germaniyadagi Kyoln sobori, shuningdek, Venadagi cherkovlardan biri teraktlar nishoniga aylanishi mumkinligi haqida xabar berdi. Kyoln politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, shubhalar terrorchilik hujumi xavfini ko‘rsatgan, ammo soborda xavfsizlik choralari 25 dekabrda katolik va protestant cherkovlari tomonidan nishonlanadigan rojdestvo arafasida kuchaytirilgan.
Politsiya 24 dekabrdan beri soborga tashrif buyuruvchilarni tekshirmoqda. Shu kuni kechqurun Kyoln sobori politsiya xodimlari tomonidan itlar bilan ko‘zdan kechirildi, biroq shubhali narsalar topilmadi.
Bundan oldin Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung gazetasiga bergan intervyusida Germaniyada radikal guruhlar hujumlari tahdidi kuchayishi haqida ogohlantirgan edi. «Zo‘ravonlar tomonidan radikallashuv xavfi yuqori va federal hukumat buni juda jiddiy qabul qiladi», dedi Fezer. «Yakka holda harakat qiladigan jinoyatchilar har doim mavjud bo‘lgan xavf», - deya qo‘shimcha qildi u.
Germaniya va Avstriyadagi holat
RedaktionsNetzwerk Deutschland (RND) media-guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 dekabrga qadar Germaniyada tahdid solishi mumkin bo‘lgan 486 nafar shaxs aniqlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha federal boshqarma (VKA) Isroil va HAMAS tashkiloti o‘rtasidagi mojaroning yanada kuchayishi ba’zi shaxslar tomonidan «hujumga undash» sifatida qabul qilinishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Teraktlar xavfi kuchaygani sababli Avstriyada ham xavfsizlik choralari oshirilgan. 24 dekabr kuni Venada to‘rt kishi qo‘lga olingan. Ulardan uch nafari – ikki erkak va bir ayol hozir tergov izolyatori kameralarida. Ularga nisbatan terroristik jinoyatlar bilan birgalikda terrorchilik uyushmasiga mansublikda gumon qilinib, tergov boshlandi. 26 dekabr kuni dpa agentligi Avstriya prokuraturasiga tayanib xabar berganidek, politsiya tintuvlar chog‘ida musodara qilingan mobil telefonlar va boshqa ma’lumot tashuvchi moslamalarni tekshirmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
12:02 / 24.02.2025