Ukraina Jahon bankidan 1,34 mlrd dollar oldi
Kiyev Jahon bankidan olingan pullarni, xususan, Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlariga to‘lovlar va pensiyalar uchun ishlatadi. Transhning katta qismi - Yaponiya tomonidan kafolatlangan kredit, qolgan mablag‘lar - Norvegiya, AQSh va Shveytsariya grantlari.
Ukraina Jahon bankidan «Ukrainada barqaror boshqaruvni ta’minlash uchun davlat xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash» (PEACE in Ukraine) dasturi doirasida yana 1,34 milliard dollar miqdoridagi transh oldi. Bu haqda 25 dekabr kuni Kiyevdagi Moliya vazirligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu mablag‘ davlat budjetining xavfsizlik va mudofaa sohasi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlari, xususan, pensiya to‘lovlari, shuningdek, Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati (DFVX) xodimlarining ish haqi uchun yo‘naltiriladi.
Ukraina Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ning 1,086 milliard dollari Yaponiya hukumati tomonidan kafolatlangan Ukrainaga zarur yordamni ko‘rsatish maqsadli jamg‘armasidan (ADVANCE Ukraine) olingan. Transhning qolgan qismi Norvegiya (190 million), AQSh (50 million) va Shveytsariya (20 million dollar) grantlaridan iborat.
Xalqaro yordam Kiyevga ijtimoiy xarajatlarni ta’minlash imkonini beradi
Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko xalqaro moliyaviy yordam «Ukrainaning moliyaviy va iqtisodiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga muhim hissa bo‘lib, urush davrida ustuvor ijtimoiy xarajatlarni amalga oshirish imkonini beradi», deb ta’kidladi.
Ukraina Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon birgina davlat budjetini moliyalashtirish uchun xalqaro yordam sifatida deyarli 70 milliard dollar olgan.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024
Blinken: Ukraina kurashish yoki muzokara o‘tkazish haqida bir qarorga kelishi kerak
11:41 / 21.12.2024