Magnus Karlsen Samarqandda rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Norvegiyalik shaxmatchi beshinchi marta shunday yutuqqa erishdi.
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rapid (tezkor shaxmat) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
O‘tkazilgan o‘yinlar natijasida 33 yoshli sportchi 10 ochkoni qo‘lga kiritdi. Norvegiyalik sportchi so‘nggi turda Hindiston vakili Rameshbobo Pragnanandha bilan durang natija qayd etib, raqiblarini ortda qoldirdi.
«Baxtiyorman. Kechagi o‘yinlardan unchalik mamnun emasdim, shuning uchun vazifani murakkablashtirishga hojat yo‘q deb qaror qildim. Balki bugun men biroz ehtiyotkor o‘ynagandirman», deb shaxmatchi so‘zlarini keltiradi NRK.
Shu tariqa Karlsen tezkor shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioniga aylandi. U avval 2014, 2015, 2019 va 2022 yillarda ham jahon chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:00 / 21.11.2024
Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li zo‘ravonlik ishi bo‘yicha hibsga olindi
09:10 / 09.11.2024
Shaxmat. Afro‘za Hamdamova – ikki karra jahon chempioni
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
19:30 / 24.10.2024