“Inomarka”larning faqat dilerlar tomonidan sotilishi tartibi qayta tiklanishi mumkin
Bu tartib 2023 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilingan edi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga bir yilda bitta avtomobilni sertifikatlashtirmagan holda olib kirishga ruxsat berish, ayni paytda, jismoniy shaxslarning transport vositalarini tijorat maqsadida olib kirishini taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Foto: Pixabay
O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab, import qilingan avtomobillarni faqat ishlab chiqaruvchi korxonaning rasmiy dileri tomonidan sotilishiga oid talab bekor qilingan va bu avtomobil bozorida raqobat muhitini yaxshilashda muhim qadam deb baholangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda bu tartibni qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududiga yengil avtomobillar olib kirishni va ularning muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tarqaldi. Loyiha project.gov.uz portaliga idoralararo kelishuv uchun joylangani aytilmoqda.
Loyihada yangi import avtotransport vositalari faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan servis markazlarini tashkil etish sharti bilan sotilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, bir yilda 50 donadan ko‘p elektromobil sotgan tadbirkorlik sub’yektlariga ularni quvvatlash stansiyasini tashkil etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Qaror loyihasiga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan 1 yilda 1 marta o‘z ehtiyoji uchun, o‘z nomiga rasmiylashtirilgan holda olib kiriladigan transport vositalari majburiy sertifikatlashgan ozod etiladi.
Ayni paytda, jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport vositalarini tijorat maqsadida respublikaga olib kirish taqiqlanishi mumkin. Jismoniy shaxs transport vositasini olib kirayotganida tijoriy maqsadni ko‘zlaganiga qanday baho berilishiga aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, davlat korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan, respublika hududida sotish uchun mo‘ljallanmagan transport vositalarini ham majburiy sertifikatlashdan ozod etish taklif etilmoqda. Bunda, jismoniy shaxslardan farqli o‘laroq, korxonalarga sertifikatlashdan ozod etiladigan import transport vositalari soni bo‘yicha cheklov belgilanmagan.
Respublika hududiga tijorat maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalari, elektrobus va eletromobillarga xorijiy davlatlarining mavjud sertifikatlari yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalari tomonidan taqdim etilgan sinov bayonnomalari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan laboratoriyalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, transport vositasining turini ma’qullash hujjatlarini rasmiylashtirishga ruxsat berilishi mumkin.
Davlat reyestriga kiritilgan transport vositasining turini ma’qullash hujjatlari asosida, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyoji uchun 1 kalendar yilida respublika hududiga 1 dona takroran olib kirilgan (import) shu turdagi transport vositalari qayta sinovdan o‘tkazilmasdan va sertifikatlashtirmasdan, erkin muomalaga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
Mavzuga oid

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:48 / 12.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

18:54 / 28.05.2025