Nizomga köra, transport vositasining ekologik toifasi – uning işlab çiqaruvçi tomonidan belgilangan ekologik sinfiga muvofiq aniqlanadi.
Şu asosda, benzin, siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanuvçi avto:
- “Yevro-2” va undan yuqori – “toza” ekologik toifa;
- “Yevro-0” va “Yevro-1” – “örta” ekologik toifa;
dizel yonilğisida harakatlanuvçi avto:
- “Yevro-4” va undan yuqori – “toza” ekologik toifa;
- “Yevro-3” – “örta” ekologik toifa;
- “Yevro-0”, “Yevro-1”, “Yevro-2” – “zararli” ekologik toifa;
gibrid avtomobillar, muqobil yonilği turlarida harakatlanuvçi transport vositalari, şuningdek işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan avto – avtomatik ravişda “toza” ekologik toifaga kiradi.
Transport vositalarini röyxatga oliş va qayta röyxatga oliş jarayonida ularning toifasiga mos ravişda:
- “toza” toifa uçun – “yaşil”,
- “örta” toifa uçun – “sariq”,
- “zararli” toifa uçun – “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yöl harakati xavfsizligi bölinmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.
Transport egalari, şuningdek, ixtiyoriy ravişda ekologik stiker oliş uçun YHXXga uning rasmiy veb-sayti yoki my.gov.uz (YaIDXP) orqali murojaat qilişi mumkin. Ariza belgilangan mezonlarga javob berganda, maşinaning ekologik toifasiga mos stiker beriladi.
Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.












