O‘zbekiston | 09:10 / 01.01.2024
6469
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2024 yil uchun rejalarni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida o‘tgan yil davomida ikki tomonlama aloqalarda erishilgan natijalarni sarhisob va kelayotgan 2024 yil uchun rejalarni muhokama qildi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Hamkasbim Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan telefon orqali suhbatimiz chog‘ida yil davomida erishgan natijalarimizni sarhisob va kelayotgan 2024 yil uchun rejalarimizni muhokama qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - O‘tgan yil mobaynida ikki tomonlama aloqalarimizda ko‘plab yutuqlarga guvoh bo‘ldik va kelgusi yilda bundan ham ko‘prog‘ini kutmoqdamiz».

Shu yil 17 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlarining ikki tomonlama samarali muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi. Muzokaralar yakunida vazirlar O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.

Mavzuga oid