Qozoğistonning Aqtöbe oblastida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok böldi. Özbekiston FVV xabarida qayd etilişiça, voqea 7 dekabr kuni soat 08:57 da Aytekebi rayonidan ötgan respublika ahamiyatidagi avtomobil yölining 1028-kilometrida sodir bölgan. Perm – Toşkent yönalişida harakatlangan Yutong yölovçi avtobusi yon tomonga ağdarilgan.
YTH oqibatida avtobusda bölgan 49 nafar yölovçidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari Özbekiston fuqarosi bölgan.
Vazirlik mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda işçi guruh tuzgan holda vafot etganlarni vatanga olib keliş va dafn marosimlarini ötkazişda yordam körsatiş böyiça barça zarur çoralar körayotganini bildirdi.
«Hozirda mas’ul xodimlar qozoğistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bölib, baxtsiz hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganiş böyiça hamkorlik işlarini olib bormoqda», – deyiladi xabarda.







