Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent tumanida joylashgan xonadonlarning birida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1 yanvar kuni soat 18:18 da Toshkent tumani Oltintepa mahallasi Zabardast-5 ko‘chasida joylashgan 11-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Ekipajlar soat 18:21 da yetib borgan. Yong‘in 70 kvadrat metr maydonga tarqalgan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 18:45 da o‘rab olinib, soat 19:25 da o‘chirilgan. Xonadonning 150 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
«Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatidan halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q, uyning tom qismi va romlari butun qolgan. Hozirgi vaqtda yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida mahalla aholisi, qo‘ni-qo‘shnilar tomonidan hashar ishlari o‘tkazilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026