Ukraina prezidenti: urush markazi - Qrimda
Qrimni izolyatsiya qilish va u yerda Rossiya harbiy salohiyatini zaiflashtirish «bu mintaqadan hujumlar sonini kamaytirishga yordam beradi», dedi Volodimir Zelenskiy The Economist nashriga bergan intervyusida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qrim va uning qaytarib olinishi bilan bog‘liq Qora dengizdagi jang 2024 yilda urushning «og‘irlik markazi»ga aylanishi kerakligini aytdi. 1 yanvar, dushanba kuni parchalari chop etilgan The Economist nashriga bergan uzun intervyusida u yarimorolni izolyatsiya qilish va u yerda Rossiya harbiy salohiyatini zaiflashtirish Ukraina uchun «o‘ta muhim» ekanligini, chunki bu bilan bu mintaqadan hujumlar sonini «kamaytirish» mumkin bo‘lishini aytdi.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qrimni ozod qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya «butun dunyoga o‘rnak» bo‘lardi va Rossiya ichida katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki «Kreml targ‘ibotining asosiy elementi» yo‘qolishi «minglab rossiyalik zobitlar faqat Rossiya rahbariyatining ambitsiyalari tufayli halok bo‘lganini» ko‘rsatadi.
Zelenskiy Ukrainaning Qrimdagi jiddiy g‘alabalari haqida e’lon qildi
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina strategik muhim yarimorolda jiddiy g‘alabalarga erishib, Rossiya Qora dengiz flotining «sezilarli sonini» yo‘q qilgan – Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, faqat oxirgi to‘rt oyda ushbu flotning beshdan bir qismi yo‘q qilingan. Rossiyaning so‘nggi 240 yil davomida egallab turgan harbiy-dengiz bazalari yo‘qolishi rahbariyati uchun katta sharmandalik bo‘ladi, deb yozadi The Economist.
Shu bilan birga, Ukraina davlati rahbari muvaffaqiyatga erishish tezligi Kiyevning G‘arb hamkorlaridan oladigan harbiy yordamiga bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina Germaniyaning uzoq masofaga uchuvchi Taurus qanotli raketalari bilan ta’minlansa, bu Ukraina Qurolli kuchlariga Qrimni Rossiyadan samarali izolyatsiya qilib, Kerch ko‘prigini yo‘q qilish imkonini berishi mumkin. «Rossiya bilishi kerakki, u biz uchun harbiy obekt», dedi Volodimir Zelenskiy Britaniya nashrlaridan biriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024