O‘zbekiston | 10:34 / 03.01.2024
3592
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Toshkentda "tibbiyot shaharchasi"ni barpo etish loyihasini amalga oshiradi

Hozir O‘zbekiston SSV rahbarligida loyihani kompleks ekspertizadan o‘tkazishning ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

Foto: credihealth.com

Hindistonning Dehli shahridagi Aakash Healthcare shifoxonasi yakunlangan 2023 yilda O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

"2023 yil O‘zbekiston bilan hamkorligimiz uchun juda samarali bo‘ldi, - deydi ixtisoslashgan shifoxona boshqaruvchi direktori Aashish Chaudari. - Biz yetakchi mutaxassislarimizdan tashkil topgan delegatsiyalarning O‘zbekistonga bir necha bor safarlarini uyushtirdik, tekshiruv va tashxis ishlarini amalga oshirdik, 2 mingdan ortiq bemorga malakali shifo topishga yordam berdik. Shuningdek, ortopediya, bo‘g‘imlarni almashtirish, gastroenterologiya, onkologiya kabi turli yo‘nalishlarda 100 ga yaqin murakkab jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi".

Toshkent shahrida umumiy qiymati 80 million AQSh dollariga teng "tibbiyot shaharchasi"ni barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar boshlab yuborildi. Hindistonlik mutaxassislarning rejasiga ko‘ra, yangi majmua tarkibidan 600 o‘rinli zamonaviy shifoxona va ta’lim muassasasi joy oladi.

"Hozir O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarligida loyihani kompleks ekspertizadan o‘tkazishning ikkinchi bosqichi davom etmoqda, - deydi Aashish Chaudari. - Ekspertiza jarayoni tugallangach, yangi majmua bilan bog‘liq barcha hujjat va ma’lumotlar tegishli davlat organlariga taqdim etiladi. 2024 yil hamkorligimiz uchun juda muhim bosqich bo‘lishiga va yangi loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonchimiz komil".

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid