Jahon | 00:59 / 03.01.2024
10306
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Rossiyadan neft tranziti uchun tarifni oshirdi

«KazTransOyl» Rossiyadan neft tranziti uchun tariflarni oshirganini e’lon qildi. Uning quvurlari orqali Rossiya nefti Pavlodar neft-kimyo zavodiga, u yerdan Xitoy va O‘zbekistonga yetkaziladi.

Foto: Ko

Qozog‘istonning «KazTransOyl» milliy operatori 1 yanvardan boshlab, Rossiya neftining TON-2 uchastkasi orqali tranziti uchun tariflar oshirilganini e’lon qildi. Bu haqdagi qaror kompaniyaning rasmiy saytiga joylangan.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, neftning 1 ming km masofaga tranzit narxi 11,28 dollarga (QQSsiz) teng. Ushbu qaror kompaniya boshqaruvi raisi tomonidan dekabr oyi boshida tasdiqlangan. Aniqlik kiritilishicha, bungacha 1 ming km masofaga tranzit narxi 9,3 dollarni tashkil qilgan. Bunday parametrlar 2018 yilda kelishilgan edi.

TON-2 yiliga 10 million tonna neftni o‘tkazish quvvatiga ega. Shu bilan birga, loyiha quvvati yiliga 18 million tonnaga yetadi. Belgilanganidek, Qozog‘iston hududi bo‘ylab 186,25 kilometrlik uchastka mavjud – u orqali Rossiyadan neft Pavlodar neft-kimyo zavodiga yetkazib beriladi, so‘ngra bir qismi Xitoy va O‘zbekistonga jo‘natiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid