Jahon | 23:14 / 04.01.2024
14750
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniyalar ma’lum qilindi

Reytingni shakllantirish uchun yuzlab aviakompaniyalarning xavfsizlik ko‘rsatkichlari taqqoslangan va o‘ndan ortiq mezonlar hisobga olingan. 

Foto: Getty Images

2023 yil natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya nomi Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviatashuvchisiga tegishli bo‘ldi. Bu haqda Airline Ratings yillik reytingida aytiladi. 

Ta’kidlanishicha, Air New Zealand «xavfsizlikka katta e’tibor qaratgani uchun» birinchi o‘rinni egallagan. 2024 yil boshidagi eng xavfsiz aviatashuvchilar o‘ntaligiga quyidagilar kirgan:

- Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviatashuvchisi;

- Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi;

- Avstraliya Virgin Australia aviakompaniyasi;

- Etihad Airways (BAA) milliy aviakompaniyasi;

- Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi;

- Emirates (BAA) aviakompaniyasi;

- Yaponiyaning All Nippon Airways aviakompaniyasi;

- Finlyandiyaning Finnair davlat aviatashuvchisi;

- Honkongning Cathay Pacific Airways aviakompaniyasi;

- Alaska Airlines (AQSh) aviakompaniyasi. 

Shuningdek, SAS (Shvetsiya), Korean Air (Janubiy Koreya), Singapore Airlines (Singapur), EVA Air (Tayvan), British Airways (Buyuk Britaniya), Turkish Airlines (Turkiya), TAP Air Portugal (Portugaliya), Lufthansa/Swiss Group (Germaniya), KLM (Niderlandiya), Japan Airlines (Yaponiya), Hawaiian Airlines (AQSh), American Airlines (AQSh, Air France (Fransiya), Air Canada (Kanada) va United Airlines (AQSh) ham xavfsiz aviakompaniyalar ro‘yxatidan joy olgan.

Eng xavfsiz 10 ta loukoster (arzon) aviakompaniyalar reytingi quyidagicha:

- Jetstar (Avstraliya);

- easyJet (Buyuk Britaniya);

- Ryanair (Irlandiya);

- Wizz Air (Vengriya);

- Norwegian (Norvegiya);

- Frontier (AQSh);

- Vueling (Ispaniya);

- Vietjet (Viyetnam);

- Southwest (AQSh);

- Volaris (Meksika). 

Reytingni yaratish uchun ekspertlar yuzlab aviakompaniyalarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini taqqoslab, o‘ndan ortiq mezonlarni, jumladan, jiddiy hodisalar, yaqinda sodir bo‘lgan halokatli avariyalar, aviatsiya boshqaruv organlari va sanoat organlari tomonidan o‘tkazilgan auditlar, rentabellik, xavfsizlik tashabbuslari, uchuvchilarni tayyorlash va flot yoshini baholagan. 

Biroq, baholashda qushlar bilan to‘qnashuv, turbulentlik tufayli jarohatlar, ob-havo ta’siri va chaqmoq urishi kabi hodisalar inobatga olinmagan. Chunki aviakompaniya bunday hodisalarni nazorat qila olmaydi. 

Mavzuga oid