O‘zbekiston | 07:42 / 04.01.2024
7009
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uch tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi 

Toshkent shahrining uch tumani: Mirobod, Bektemir, Sergelida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi. 

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 4 yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: “Oltintopgan” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
Sergeli tumani: “O‘zgarish” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid