Jahon | 13:06 / 09.01.2024
3678
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 1,5 barobar oshdi

O‘tgan yili Germaniyada boshpana so‘rab qilingan murojaatlar 2022 yilga nisbatan 51,1 foizga ko‘p qayd etilgan. Murojaat qiluvchilarning eng katta guruhi - Suriyadan kelganlar.

Foto: Reuters

2023 yilda Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni keskin o‘sdi. 8 yanvar, dushanba kuni Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora (Bamf) ma’lum qilishicha, tegishli ariza bilan mamlakat rasmiylariga 351 915 kishi murojaat qilgan, bu – o‘tgan yilga nisbatan 51,1 foizga ko‘p.

Murojaatlarning umumiy sonidan 329 120 tasi birlamchi va 22 795 tasi Germaniyada ruxsat etilgan qolish muddatini uzaytirish uchun bo‘lgan. Murojaat qiluvchilarning eng katta guruhi Suriyadan kelgan muhojirlar – 104 651 kishi. Undan keyingi o‘rinlarda Turkiya (62 624), Afg‘oniston (53 582), Iroq (12 360), Eron (10 206), Gurjiston (9 399) va Rossiya (9 028) bormoqda. O‘tgan yili Yevroittifoq bo‘ylab muhojirlar oqimi sezilarli darajada oshdi, ammo Germaniya YeIda boshpana izlovchilarni jalb qiluvchi asosiy nuqta bo‘lib qolyapti. 

Rossiya harbiy harakatlari natijasida Ukrainadan kelgan qochqinlar soni ham ortdi. Biroq, ular Germaniyadan boshpana so‘rashi shart emas, chunki vaqtinchalik himoyaga ega. Oktyabr oyi oxiriga kelib Germaniya 1,17 millionga yaqin ukrainalik qochqinni qabul qildi, bu - YeIning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq. 

O‘tgan yili Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora 261 601 ta boshpana bo‘yicha so‘rovni ko‘rib chiqib, 51,7 foiz holatda arizachilarga rasmiy maqom berdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid