Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Fransiya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Fransiya elchisi 2023 yil noyabr oyida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama sammit doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
2023 yil noyabr oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tomonlar 2024 yilga rejalashtirilgan O‘zbekiston-Fransiya muloqotlari jadvali, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 15-davrasini o‘tkazish yuzasidan fikr almashdi.
Mavzuga oid
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026