Jahon | 13:45 / 09.01.2024
8130
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy samolyotidan «LXR»dagi Rubejnoyega aviabomba tushib ketdi

«LXR»ning Moskva tomonidan tayinlangan «rahbari» Pasechnik so‘zlariga ko‘ra, Rossiya samolyoti «jangovar topshiriqlarni bajarayotganda» Rubejnoyega bomba tashlab yuborgan. Bu - bir hafta ichida «o‘q-dorilarni to‘satdan tashlab yuborish» bilan bog‘liq ikkinchi holat. 

Foto: United Aircraft Corporation/dpa/picture alliance

O‘zini «Luhansk xalq respublikasi» («LXR») deb e’lon qilgan hududdagi Rubejnoye shahriga Rossiya harbiy samolyotidan FAB-250 fugasli aviabomba tushib ketdi. Bu haqda 8 yanvar, dushanba kuni «LXR» «rahbari» Leonid Pasechnik ma’lum qildi va bu «jangovar topshiriqlarni bajarish paytida» sodir bo‘lganiga aniqlik kiritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «RF HKK samolyotidan aviatsiya o‘q-dorilarining kutilmaganda tushib ketishi» natijasida hech kim jabrlanmagan, yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilingan – vaqtinchalik joylashtirish markazida besh kishi, jumladan, ikki bola qolmoqda, qolganlar qarindoshlari va do‘stlarinikida.

Pasechnikning so‘zlariga ko‘ra, bomba portlab ketmagan, «mutaxassislar o‘q-dorilarni zararsizlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilmoqda».

8 yanvar kuni ertalab Rossiya armiyasi Ukrainani yana yuqori tezlikda uchuvchi «Kinjal» aeroballistik raketalari va boshqa qurollardan foydalangan holda ommaviy o‘qqa tutdi.

Bundan bir hafta oldin, 2 yanvar, seshanba kuni Voronej viloyatida ham xuddi shunday voqea sodir bo‘lgandi. Rossiya harbiy samolyoti Petropavlovka qishlog‘iga «aviatsiya o‘q-dorilarini» tashlab yuborib, u yerdagi kamida yetti xonadonga zarar yetkazdi. 

Mavzuga oid