Janubiy Koreya harbiy-havo kuçlarining ikkita KF-16 qiruvçilari 6 mart kungi maşğulotlar çoğida Pxoçxon şahridagi turar joy hududiga tasodifan sakkizta MK-82 aviabombalarini taşlab yubordi. Bu haqda harbiylar va öt öçiruvçilar bayonotiga tayanib, Yonhap xabar berdi.

Harbiylarga köra, qiruvçi samolyotlar ertalab soat 10:04 da (Toşkent vaqti bilan 06:04) aviabombalarni “xatolik bilan” jangovar öq otiş maşğulotlari ötkazilayotgan poligon taşqarisiga taşlagan.

Hodisa oqibatida sakkiz kişi jarohat oldi, ular şifoxonaga yotqizildi, deb yozdi Reuters öt öçiriş xizmati ma’lumotlariga tayanib. Ikki nafar jabrlanuvçining ahvoli oğir deb baholanmoqda. Yaradorlarning aksariyatida suyak sinişi aniqlangan.

Keyinroq jarohatlanganlar soni 15 kişiga yetgani xabar qilindi.

Hodisada, şuningdek, çerkov va yana oltita bino, şuningdek, yuk maşinasi şikastlangan.

Janubiy Koreya harbiy-havo kuçlari hodisa yuzasidan tergov boşladi. Harbiylar yetkazilgan zarar uçun uzr sörab, jabrlanganlarning tezroq soğayib ketişini tiladi.

6 mart kuni ötkazilgan harbiy maşğulotlarda Janubiy Koreya va AQŞ harbiy kuçlari qatnaşgan. Harbiy poligon KXDR çegarasidan 25 kilometr masofada joylaşgan.