Özini «Luhansk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hudud «rahbari» Leonid Paseçnik 2023 yil dekabrida zaharlangani aytilmoqda. Bu haqda 19 fevral, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qöşinlari (RKBH) boşliği Igor Kirillov Rossiya Mudofaa vazirligining brifingida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Paseçnik fenol birikmalari bilan oğir zaharlangan. «Yuqori mansabdor şaxslarning zaharlanişi bilan boğliq boşqa holatlar ham bor, ular yuzasidan tergov davom etmoqda», — dedi Kirillov. «Zaharlaşlar»da Ukraina qurolli kuçlari iştirok etgani aytilmoqda.
2022 yilda Vladimir Saldoning «zaharlanişi»
Paseçnikdan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Xerson viloyati egallab olingan qismining Rossiya tomonidan tayinlangan «gubernatori» Vladimir Saldo ham zaharlangan. «Laboratoriya tekşiruvlari biotibbiyot namunalarida ritsin moddasi borligini körsatdi», dedi Kirillov.
Igor Kirillovning boşqa bayonotlari
Bundan taşqari, RKBH qöşinlari rahbari brifingda Ukraina armiyasi «Rossiya qöşinlarining oldinga siljişi paytida» sinil kislotasi va ammiak bilan konteynerlarni portlatmoqçi ekanligini aytdi. Bundan oldin u mamlakatda biologik qurollar yaratadigan maxfiy Amerika laboratoriyalari işlayotganini, şuningdek, Qöşma Ştatlar rus askarlarini çaqişi uçun bezgak bilan kasallangan çivinlarni front hududlariga yetkazişda dronlardan foydalanişni rejalaştirayotganini da’vo qilgan.








