O‘zbekiston | 09:27 / 09.01.2024
2360
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining ikki tumani - Mirobod va Uchtepada 9 yanvar kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 9 yanvar kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Manzillar:

Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: “Katta Qa’ni” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid