Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi
Prezidentning «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ushbu yo‘nalishda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi:
• o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash tartib-taomillarini optimallashtirish va raqamlashtirish;
• ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish;
• o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning salomatligi va turmush sifatini yaxshilash orqali ularning ijtimoiylashuvini ta’minlash;
• ijtimoiy himoya tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
• yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy etish.
«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.
Markaz o‘zgalarning parvarishiga muhtojlik darajasini baholaydi, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish rejasini tuzadi.
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
19:00 / 07.04.2026
OneTI yordamida kiberxavflardan himoyalaning
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026