Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldagi “gaz zapravka”da “Kamaz” yonib ketdi
Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 12 yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 22:13da Yangiyo‘l tumani, “Qo‘shyog‘och” MFYda joylashgan “DELTA KOMPRESSOR” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda AGQSh bostirmasining 10 metr kvadrat maydonda shifti va uning tagida turgan “KAMAZ-53212” yuk mashinasi yonib yetgan.
Qayd etilishicha, yong‘in qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga soat 22:17da yetib borib, soat 22:38da olovni o‘chirgan.